Engineering · Procurement · Construction. Kalit topshirish asosidagi kompleks loyihalar: alohida yetkazib berish uchun emas, butun tizim natijasi uchun javob beramiz.
Uskunaga 2 yil kafolat · 24/7 servis shartnomasi
Obyektga chiqish: sarf, harorat, gaz tarkibi o‘lchovlari va mavjud uskunani ko‘rikdan o‘tkazish. Anemometr va Pito naychalari, ko‘chma gaz analizatorlari, teplovizor, chang namunasi. Obyektda 1–3 kun; natija — o‘lchov bayonnomasi va xulosa; keyingi loyiha bo‘lsa — bepul.
Muhandislik hisobi va ishchi hujjatlar — keyinchalik ekspertiza va qabuldan o‘tadigan to‘plam: tarmoqning aerodinamik hisobi, mustahkamlik va issiqlik hisoblari, KM, KJ, AR, TX chizmalari, spetsifikatsiya va ro‘yxatlar. 2–6 hafta; buyurtmachi va nazorat bilan kelishiladi.
Korpuslar, karkaslar ishlab chiqarish va obyekt o‘lchamiga yenglar tikish — o‘zimizda: bichish va payvandlash, yeng tikish liniyasi, bo‘yash va korroziyaga qarshi ishlov. 6–16 hafta; kirish, jarayon va qabul nazorati; pasportlar, sertifikatlar, TSh.
Shef-montaj yoki kalit topshirish montaji: takelaj va yig‘ish, havo o‘tkazgichlar bilan bog‘lash, elektr va O‘BvA, ishga tushirish va regeneratsiyani sozlash. 2–8 hafta; topshirishda chiqindi o‘lchovlari, ko‘rsatkichlar dalolatnomada qayd etiladi.
Rejali xizmat ko‘rsatish, favqulodda chiqish va obyektingiz uchun ehtiyot qismlar ombori: klapan va venturilarni ko‘rikdan o‘tkazish, yeng va kartrijlarni almashtirish, ΔP va chiqindi bo‘yicha diagnostika. Shartnoma bo‘yicha 24 soatda javob, rejali TX yiliga 2–4 marta.
Xodimlaringiz ΔP nimani ko‘rsatishini va yenglarni qachon almashtirish kerakligini bilishi kerak: foydalanish yo‘riqnomalari, odatiy nosozliklar tahlili, obyektdagi amaliyot. Obyektda yoki onlayn, 1–3 kun; natija — o‘qitish bayonnomasi.
AJ Bekobodsement va AJ Qizilqumsement mo‘rilaridagi CEMS stansiyalari — ko‘rsatkichlar onlayn EKO-NAZORAT ga uzatiladi; aspiratsiya va suv monitoringi bo‘yicha ish tarkibi.
Ochish →ServisAudit va o‘lchovlar, montaj va shef-montaj, ishga tushirish, rejali texnik xizmat, avariya diagnostikasi va modernizatsiya.
Ochish →KompaniyaPHOENIX PRIME — O‘zbekistondagi muhandislik kompaniyasi: sanoat filtrlash, gaz tozalash, CEMS/AQMS, suv tayyorlash, shlamni suvsizlantirish va servis.
Ochish →Muhandis bir ish kuni ichida tanlov va spetsifikatsiya bilan javob beradi.